11:52 / 05.03.2018
7 066

Tojikiston poytaxtida Shavkat Mirziyoyevni 12 mingdan ortiq talaba kutib oladi (video)

Tojikiston poytaxtida Shavkat Mirziyoyevni 12 mingdan ortiq talaba kutib oladi (video)
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 mart kuniga belgilangan davlat tashrifiga tayyorgarlik hozirdan boshlangan. OAVlarning xabariga ko‘ra, Tojikiston oliygohlari talabalari va maktablarning yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat ja’mi 12 ming odam Mirziyoyevni kutib olish ssenariysi bo‘yicha repetitsiya qilinmoqda.

Talabalar aeroport yo‘lida prezident Mirziyoyev kelgan payt ikki mamlakat bayroqlarini silkitib turadi.

Опубликовано Ёкубом Халимовым 2 марта 2018 г.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Tojikistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu Shavkat Mirziyoyevning prezident lavozimiga o‘tirganidan buyongi Tojikistonga ilk davlat tashrifi bo‘ladi.

1 mart kuni O‘zbek-Tojik chegarasida o‘nta nazorat-o‘tkazish nuqtasi ochilganini qo‘shni xalqlar katta tantana bilan qarshi olgan edi.

Mahalliy jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra Tojikistonliklar Shavkat Mirziyoyevga katta umidlar bilan qaramoqda.Chunki Islom Karimov O‘zbekistonni boshqargan paytda O‘zbekiston tomonidan ikki qo‘shni mamlakat orasida viza tartibi joriy qilinib, chegaralar yopilgan, ayrim joylari minalashtirilgandi. Hozir tojikistonliklar ikki mamlakat orasida viza tartibining bekor qilinishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari davomida ikki qo‘shni mamlakat orasidagi chegara, iqtisodiy, savdo, madaniy hamkorliklarga oid bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston poytaxtida Shavkat Mirziyoyevni 12 mingdan ortiq talaba kutib oladi (video)