4 426
Belarus Prezidenti: “Shavkat Mirziëyev juda tajribali¸ iste’dodli¸ aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan rahbardir”
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Leonid Marinichni tayinlash vaqtida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
Bu haqda “Belta” axborot agentligi xabar tarqatdi.
“Biz O‘zbekistonga nisbatan, haqiqatan ham, to‘g‘ri va samimiy bo‘lishimiz kerak, chunki u yerda Belarusni juda hurmat qilishadi. Doim hamkorlikka tayyormiz. O‘zbekiston biz uchun ustuvor davlatdir”, deya alohida ta’kidlagan Aleksandr Lukashenko.
Belarus yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar Shavkat Mirziëyev Prezidentlikka saylanganidan keyin faol rivojlanib borayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, “Shavkat Mirziëyev juda tajribali¸ iste’dodli¸ aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan rahbardir” deya aytib o‘tgan.
O‘z navbatida, Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan bir necha bor uchrashganini bildirib, “U o‘z mamlakatiga qanchalik ezguliklar istayotganini ko‘rib turibman. Shavkat Mirziyoyev Belarusni yaxshi sherik deb bilganligi biz uchun ham yaxshilik belgisidir. Biz qisqa vaqt ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Shu bois mening yaqin istiqbolda O‘zbekistonga qiladigan safarim davomida muayyan vaqt ichida bajarilgan ishlar sarhisobi va munosabatlarimizdagi yangi bosqich xususida fikr almashamiz”, deya qayd etgan.
O‘zbekistonda Belarusda ishlab chiqarilaëtgan texnikalarga ehtiëj yuqoriligini inobatga olib, Lukashenko yangi tayinlangan elchiga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish vazifasini yuklagan.
Ma’lumki, joriy yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan yanvar oyida O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari bir-birlarini qutlab, maktub yo‘llagandilar.
Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi