21:57 / 30.03.2018
9 375

Toshkent shahrida uyni ijaraga berish narxi qancha?

Toshkent shahrida uyni ijaraga berish narxi qancha?
O‘zbekistonda mol-mulkni ijaraga berishning 3 shakli – uy-joy, noturar joy va transport vositasini ijaraga berish shakli mavjud. Ma’lumki, soliq qonunchiligiga ko‘ra, molk-mulkini ijaraga berish orqali daromad olayotgan jismoniy shaxslar belgilangan tartibda daromad solig‘i to‘laydi.

Ko‘pchilikka ma’lum, bugungi kunda Toshkent shahrida oddiy ta’mirdan chiqarilgan, kerakli jihozlarsiz 1 yoki 2 xonali uyni ijaraga olishning o‘rtacha narxi 800 ming so‘mdan boshlanib 1,5 million so‘mgacha borishi mumkin. Uyni ijaraga oluvchi va beruvchi o‘rtasida esa ijara shartnomasi tuziladi. Sir emas, bugun ko‘pchilik ijaraga beruvchilar shartnomada juda past miqdorni, masalan, 150-200 ming so‘mni ko‘rsatishadi. Va ana shu ko‘rsatilgan summadan daromad solig‘i to‘laydi.

Aslida qonunchilikda uy-joy uchun ijara shartnomasi tuzishning tartibi va me’yorlari qanaqa?

Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.

Toshkent shahrida uyni ijaraga berishning belgilangan minimal narxi 1 kvadrat metr uchun 4,5 ming, viloyatlar markazlarida 3 ming, tumanlarda esa 1,5 ming so‘m etib belgilangan.

Noturar joyni ijaraga berish narxi uy-joy narxining mos ravishda 2 baravari miqdorida.

Transport vositasini ijaraga berishda 2 xil summa belgilangan. Yengil avtomobillar ijarasining minimal narxi 330 ming so‘m, yuk avtombillari ijara narxi esa 645 ming so‘mni tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 181-moddasiga binoan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining belgilangan 7,5 foiz stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida uyni ijaraga berish narxi qancha?