23:42 / 30.03.2018
6 137

Toshkentlik imom xatib bir kunda 200 kishining musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ldi

Toshkentlik imom xatib bir kunda 200 kishining musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ldi
21-mart kuni "Shayx Zayniddin" jome’ masjidida 200 nafar jismonan eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan vatandoshlarimiz Islom dinini qabul qilishdi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Olmazor tumani "Islomobod" jome’ masjidi imom xatibi Jumanov Abdulhamid domla boshchiligida eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan 200 nafar vatandoshlarimiz uchun "Shayx Zayniddin" jome’ masjidida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida bir paytlar missionerlik harakati oqibatida adashib boshqa dinlarni qabul qilgan bu vatandoshlarimizga Islom dinining haq din ekanligi va unda hamma barobarligi tushuntirildi. Ularning barchalariga imon kalimalari yozilgan maxsus ma’lumotnomalar tarqatildi. Natijada bu 200 nafar vatandoshlarimizning ko‘zlari yoshga to‘lgan holda muqaddas Islom dinini qabul qildilar. Tadbir so‘ngida homiylar tomonidan bayram munosabati bilan taomlar berilib, esdalik uchun hadyalar ulashildi.

Eslatib o‘tamiz, aynan shu imom-xatib tomonidan biroz avvalroq eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan vatandoshlarimiz uchun juma namozida sudrotarjimon orqali ma’ruza tinglash imkoniyati yaratilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentlik imom xatib bir kunda 200 kishining musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ldi