21-mart kuni "Shayx Zayniddin" jome’ masjidida 200 nafar jismonan eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan vatandoshlarimiz Islom dinini qabul qilishdi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Olmazor tumani "Islomobod" jome’ masjidi imom xatibi Jumanov Abdulhamid domla boshchiligida eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan 200 nafar vatandoshlarimiz uchun "Shayx Zayniddin" jome’ masjidida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida bir paytlar missionerlik harakati oqibatida adashib boshqa dinlarni qabul qilgan bu vatandoshlarimizga Islom dinining haq din ekanligi va unda hamma barobarligi tushuntirildi. Ularning barchalariga imon kalimalari yozilgan maxsus ma’lumotnomalar tarqatildi. Natijada bu 200 nafar vatandoshlarimizning ko‘zlari yoshga to‘lgan holda muqaddas Islom dinini qabul qildilar. Tadbir so‘ngida homiylar tomonidan bayram munosabati bilan taomlar berilib, esdalik uchun hadyalar ulashildi.
Eslatib o‘tamiz, aynan shu imom-xatib tomonidan biroz avvalroq eshitish va so‘zlashish imkoniyatlari cheklangan vatandoshlarimiz uchun juma namozida sudrotarjimon orqali ma’ruza tinglash imkoniyati yaratilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi