Namangan viloyati Chortoq tumanida prokuratura va ichki ishlar organlarining hamkorlikdagi tadbiri natijasida pora olishda gumon qilingan o‘qituvchi ushlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning “Tezkor xabarlar” dasturiga asosan Daryo ma’lum qilmoqda.
Xabar berishlaricha, Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi Oqil Mahkamov o‘quvchi qizlardan birining ota-onasiga uning Moskvadagi xalqaro ko‘rik-tanlovdagi ishtiroki uchun ruxsatnoma olib berish, shuningdek, Toshkent davlat konservatoriyasiga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Buning uchun u o‘quvchining ota-onasidan 2 ming dollar so‘ragan. “Oqil Mahkamov o‘quvchining ota-onasidan firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi”, — deyiladi telekanal axborotida.
Qayd etishlaricha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda pora olishda gumon qilinayotgan o‘qituvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi