7 445
Shavkat Mirziyoyev 22 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchisi haqida gapirdi
Foto: «O‘zbekiston 24»
O‘zbekistonda hokimliklar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari maoshini oshirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».
Davlat rahbari bu mazkur tizimlarda uchrayotgan poraxo‘rlik, tamagirlik holatlarining oldini olish uchun zarurligini ta’kidladi.
— Yaqinda bir tuman hokimining yordamchisi 22 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu qanaqa gap? Hokimlikda ishlaydigan mas’ul xodim firibgarlik bilan shug‘ullanib yurgan bo‘lsa. Bunday holatlarga uzil-kesil chek qo‘yish kerak, — dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Otanazarov ikki kishini Janubiy Koreyaga shartnoma asosida ishga yuborishini aytib, 8 ming dollar olayotgan paytda ushlangandi. Surishtiruv davomida uning 12 nafar fuqarodan oldinroq xuddi shu yo‘l bilan jami 22 ming 400 dollar olgani aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi