Tergovni ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs 8 ming dollar bilan ushlandi

Toshkent viloyati «Barkamol Avlod» bolalar ijodiyot markazi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi davomida aniqlanishicha, mazkur markazning sobiq xodimi, hozirda «El madad» MChJ ish yurituvchisi O.S. (1991 y.t.) markaz mansabdor shaxslarining ishonchiga kirib, ulardan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasidagi masalalarni “ijobiy hal qilish” evaziga pul mablag‘lari talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda viloyati prokuraturasi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tezkor-tergov tadbiri jarayonida O.S. markaz mansabdor shaxslaridan 8000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.S.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing