O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o‘rtacha narxi 188 235 (bir yuz sakson sakkiz ming ikki yuz o‘ttiz besh) so‘m atrofida ekanini e’tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 (o‘n olti million) so‘m ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya’ni 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorda zakot chiqarishni ma’qulladi.
Bu yilgi FITR sadaqasining miqdori viloyat, shahar va tumanlarimizning bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018 yilda Toshkent shahar bozorlarida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 2500 (ikki yarim ming) so‘m bo‘lsa, demak 2 kilogramm bug‘doy narxi 5000 (besh ming) so‘m bo‘ladi.
Bu yilgi FIDYa miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m, deb belgilandi.
Manba: O‘MI Matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi