21:58 / 02.06.2018
4 582

Toshkentda «Spark» YPX inspektorini urib yubordi (video)

Toshkentda «Spark» YPX inspektorini urib yubordi (video)
31 may kuni kechasi Toshkent chorrahalarining birida YXHB inspektorini avtomashina urib yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda «Repost.uz» sayti xabar berdi.

Videodan ko‘rinib turibdiki, inspektor piyodalar o‘tish joyidan svetoforning ogohlantiruvchi chiroqlari yonib-o‘chayotgan paytda o‘tishga harakat qilgan. Qatorda turgan avtomashinalardan biri esa, unga yongan yashil chiroqda o‘tishga harakat qilib, inspektorni ko‘rmay urib yuborgan. Mazkur voqeani quyidagi HAVOLA rqali ko‘rishingiz mumkin.

Ma’lum qilinishicha, inspektor hodisa oqibatida kichik jarohatlar olgan va uning hayoti xavf ostida emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Spark» YPX inspektorini urib yubordi (video)