09:02 / 05.06.2018
8 714

Andijonda erkak ayolini o‘ynashi bilan ko‘rib bo‘g‘ib o‘ldirdi

Andijonda erkak ayolini o‘ynashi bilan ko‘rib bo‘g‘ib o‘ldirdi
M. O. 2018 yilning 19 yanvar kuni soat 14:00lar chamasida oila a’zolari bilan vaqtincha yashab kelayotgan Andijon viloyati Bo‘z tumani xonadonda turmush o‘rtog‘i M. M.ni noma’lum erkak kishi bilan birga bo‘lganligini, ushbu shaxs deraza oynasi orqali xonadondan chiqib qochib ketganligini ko‘rib, turmush o‘rtog‘i Mavludani ushbu noma’lum erkak kishi bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblab, u bilan o‘zaro janjallashib, uni xonadon mehmonxonasiga olib kirib, qo‘llari bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan.

2018 yil 30 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan M. O.ga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda Bo‘z tuman sudi Sof.uz nashriga.

Tuman sudining hukmi bilan M. O.ga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda erkak ayolini o‘ynashi bilan ko‘rib bo‘g‘ib o‘ldirdi