17:07 / 05.06.2018
6 811

Bosh prokuratura: «Qodirov ishi» ishi doirasida 21 kishi qamoqqa olingan (video)

Bosh prokuratura: «Qodirov ishi» ishi doirasida 21 kishi qamoqqa olingan (video)
Rashidjon Qodirov (o‘ngdan birinchi) Shuhrat Uzoqov bilan birgalikda ShHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari yig‘ilishida. Toshkent. 2014 yil 8 oktyabr.
Foto: «Genproc.gov.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bugun, 5 iyun kuni bo‘lib o‘tgan «Mamlakatimizda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusidagi brifingda Rashidjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni oshkor qildi.

Tadbirda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri Zafarbek Solijonovning sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayoni qaysi bosqichda ekani haqidagi savoliga javoban Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mansur O‘rolov quyidagilarni ma’lum qildi:

— Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan sobiq bosh prokuror Qodirov Rashid Hamidovichga nisbatan hozir tergov harakatlari olib borilayapti. Tergov jarayonida Qodirov Rashid Hamidovich tomonidan lavozimga tayinlash, shuningdek, rahnamolik qilish, pora olish bilan bog‘liq holatlar aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda 24 nafar shaxsga ayblov e’lon qilingan, shulardan 21 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozir tergov harakatlari olib borilayapti. Tergov yakuni bo‘yicha albatta ommaviy axborot vositalariga tergovda aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 22 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi dastavval bu ma’lumotni rad etgan, so‘ngra 24 fevral kuni buni rasman tasdiqlagan edi. Sobiq bosh prokuror tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish kabi jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: «Qodirov ishi» ishi doirasida 21 kishi qamoqqa olingan (video)