16:20 / 09.06.2018
7 641

Qadr surasidagi mo‘’jiza (foto)

Qadr surasidagi mo‘’jiza (foto)
Barchamizga ma’lumki, Qadr surasi Qur’onning nozil bo‘lishi, Qadr kechasi haqidadir. Barcha suralarda bo‘lganidek, ushbu surada ham e’joz (aqlni lol qilib, ojiz qoldiruvchi narsa) bordir. Bu e’joz shundan iboratki, ushbu sura Qur’onning juz’lariga, suralarning adadiga ishora qiladi.

Qadr surasidagi harflarning soni 114 ta bo‘lib, Qur’oni Karimdagi suralar soni ham 114 tadir. Qadr surasidagi kalimalarning soni 30 ta bo‘lib, Qur’onning juz’lari 30 tadir.

Quyidagi jadvalda suraning kalimalarini alohida-alohida qilib tartib bilan terib chiqsak, ularning soni 30 ta ekanini ko‘ramiz.

Quyidagi rasmda esa ushbu aytilganlar o‘z aksini topgan bo‘lib, kalimalarning raqami har bir kalima ostiga yozilgan bo‘lib, 30 ta kalima borligi, harflarning raqami har bir harfning ustiga yozilgan bo‘lib, 114 ta harf borligi aks etgan.

Alloh taolo barchamizni Qur’onni ixlos bilan o‘qib, hukmlariga amal qilib, hikmatlarini anglab, qalblarimiz poklanib, dunyo va oxiratda najot topuvchilardan bo‘lishimizni nasib etsin!
Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Manba: muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qadr surasidagi mo‘’jiza (foto)