21:43 / 12.06.2018
5 187

«Matiz» rusumli avtomashina va uning haydovchisi qidirilmoqda

«Matiz» rusumli avtomashina va uning haydovchisi qidirilmoqda
Foto: «drive2.com»
Shu yil 9 iyun soat 14.00larda Nazokat Xojimatova IIBga ariza bilan murojaat qilib, ukasining bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumani Sariq suv ko‘chasi 29-uyda yashovchi ukasi 1990 yilda tug‘ilgan Kozim Xojimatov o‘zining boshqaruvidagi «Matiz» rusumli davlat raqam belgisi 01V 098 GA bo‘lgan avtomashinada uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

K.Xojimatovni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu yuqoridagi «Matiz» rusumli avtomashina va Kozim Xojimatov haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan 102 raqamiga telefon qilishlari so‘ralgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Matiz» rusumli avtomashina va uning haydovchisi qidirilmoqda