
Samarqandda 18 iyun kuni tramvaylar yengil to‘qnashdi. Bu haqda Facebook’dagi «Samarqand va samarqandliklar» guruhida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Siyob bozori yaqinidagi Ro‘dakiy va Dahbed yo‘li ko‘chalari kesishmasida tramvaylar to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida qarama-qarshi kelayotgan ikki tramvay o‘rtasida Lacetti rusumli yengil avtomobil qolib ketgan.

«Siyob bozori — Temiryo‘l vokzali» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan tramvaylar oralig‘ida avtomobilning nima sababdan qolib ketganligi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, «Siyob bozori — Temiryo‘l vokzali» yo‘nalishi joriy yil Navro‘z umumxalq bayrami arafasida topshirilgan. Samarqandda tramvay harakatlanishi yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng bir necha marotaba yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar