2018 yil 19 iyun kuni internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tuman prokurori D.Madirimovning tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va “Xorazm dori-darmon” MChJ raisi nomiga ayrim dori vositalarni sotuvdan olib tashlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida yo‘llagan topshiriq xatining tasviri tarqalgandi.
Xorazm viloyat prokuraturasi Urganch tuman prokurori D.Madirimovning mazkur xatining mazmuni xato ifodalanganligi uning mazmunini turli tarzda noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, xatning mazmuni yanglish ifodalanganligi sababli, u hozirda yuridik kuchga ega emas, ushbu topshiriqqa asosan yuqorida qayd etilgan dori vositalarini sotuvdan olib tashlash bo‘yicha hech qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmagan.
Ta’kidlanishicha, Xorazm viloyat prokuraturasi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan noto‘g‘ri axborot uchun fuqarolardan uzr so‘raydi. Hozirda Urganch tuman prokurori D.Madirimovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda va natijalariga ko‘ra unga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi aytilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin