Kun.uz bu yil o‘zgacha tashkil etilishi kutilayotgan imtihon kunlariga oz muddat qolganda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bilan suhbat tashkil etdi.
Unda, Inom Majidov qabul imtihonlari qanday o‘tkazilishi haqida fikrlarini aytib berdi.
«Bu yilgi test jarayonlarida yangiliklar ko‘p. O‘tgan yili, shu vaqtda Prezidentimiz tomonidan topshiriq qo‘yilgandiki, test sinovlari atrofida shuncha gap, demak oshkoralikni oshirish lozim. Taklif kiritildiki, test natijalari bir kunda ma’lum bo‘lsa, shunday texnologiya asosida ish olib borish DTM tomonidan amalga oshirildi.
Endi test sinovlari 1 kunda o‘tmaydi, balki 15 kun davom etadi, ya’ni 1 avgustdan 15 avgustga qadar. Abituriyentning necha ball to‘plagani imtihonning ertasiga aniq bo‘ladi. Ya’ni, DTM rasmiy sayti orqali natijalarni tekshirib olish mumkin», deb javob beradi vazir.
Shuningdek, vazir qabul imtihonlari arafasida paydo bo‘layotgan «shovvozlar» va turli firibgarlarning faoliyatiga munosabat bildirib, talaba bo‘lish uchun eng to‘g‘ri yo‘l qanday bo‘lishini aytdi.
Intervyuni to‘liq shaklda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi