3 488
Endi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlarga munosabat bildirib boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayevga fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlariga munosabat bildirish mas’uliyati yuklandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushmoqda. Ularning ko‘pchiligi obodonlashtirish va uy-joy xo‘jaligi masalalariga taalluqlidir. Xususan, fuqarolardan Facebook sahifasi orqali kuni davomida 20ga yaqin murojaatlar qabul qilinmoqda. Ular tegishliligicha o‘rganilib, murojaat egalariga javob berilishi ta’minlangan.
Shuningdek, Matbuot xizmatining telefon raqamiga ham kun davomida 10ga yaqin murojaatlar kelib tushmoqda. Olingan barcha konstruktiv murojaatlar tegishli muassasalarga yo‘llanmoqda. Jumladan, Facebook orqali kelib tushgan Chilonzor tumani “Olmazor” metro bekati yonida noorganik chiqindilar to‘planib qolgani haqidagi fuqaro shikoyati matbuot xizmati tomonidan tezkor ravishda ko‘rib chiqilgan va tegishli xizmatlar yordamida joyida bir kunda hal etilgan.
Haftaning har shanba kuni Toshkent shahar hokimligida “Investorlar kuni” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Birgina, birinchi uchrashuvning o‘zidayoq qiymati 8 trln so‘mdan ziyodlik 70 ta loyiha tasdiqlandi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 894,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi