Taksida g‘alati taklif: ikki talaba atirdan so‘ng o‘zini yomon his qildi

Toshkentning Chilonzor tumanida ikki talaba qiz taksi haydovchisining g‘alati taklifidan so‘ng o‘zlarini yomon his qilgani aytilmoqda.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar taksi chaqirib, mashinaga o‘tirgan. Yo‘l davomida haydovchi rafiqasi uchun atir olganini aytib, talabalarga undan foydalanib ko‘rishni taklif qilgan.
Qizlar atirni sepib ko‘rganidan keyin ularning mazasi qochib, boshlari aylangan. Shundan so‘ng ular mashinadan tushishga ulgurgan va yo‘lovchilardan yordam so‘ragan.
Xabarlarga ko‘ra, haydovchi esa voqea joyidan ketib qolgan.
Ayni paytda voqea tafsilotlari, qizlarning sog‘lig‘i va atir tarkibida qanday modda bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.






























Izohlar 0
…