Xalqaro press-klubning Xalq ta`limi tizimi faoliyatiga bag'ishlangan, «Maktab ta`limi: islohotlarning yangi bosqichdagi muhim o'zgarishlar va muammolar tahlili» mavzusidagi sessiyasida soha vakillari, ota-onalar va jurnalistlar ishtirok etishdi. Unda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov tizimdagi yangiliklardan boxabar etdi.
«Hozirgi kunda biz yangi tarmoq maktablari loyihasi bo'yicha ish olib boryapmiz. Buni hayotiy misol ko'rinishida tushuntirib beraman: barcha ota-onalar farzandini obro'li, kuchli pedagoglar jamoasiga ega maktablarda ta`lim olishini xohlab o'sha yerda o'qitishga intilishadi. Talab ko'pligi tufayli nufuzli maktablarda o'quvchilar soni me`yor (bir sinfda 35 ta o'quvchi)dan oshib ketadi, ta`lim sifati pastroq maktablarda esa o'quvchilar keskin kamayib, proporsionallik buzilmoqda.
Shu muammoni hal qilish uchun maktab direktorlariga o'quvchilar sonini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish qat`iy talabini qo'ydik. Ushbu vazifani bajara olmagan maktablar o'sha hududdagi boshqa nufuzli maktablar tasarrufiga o'tadi. Sinov tariqasida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani maktablarida ushbu loyihani tatbiq qilamiz. Kutilgan natijani bersa, buni butun respublikaga joriy etish niyatidamiz», deya vazirning so'zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Vazir sohadagi bir qancha muammolarni ham sanab o'tdi. U uchta eng katta muammoni alohida ta`kidladi: Birinchidan, talim sifatini oshirish masalasi. Bunda maktablarda o'qitish tizimi sifatini belgilovchi maktablar reytingi tuziladi. Har bir maktab ma`muriyati faqat sifat uchun ishlay boshlaydi. Ikkinchidan, maktablarni moliyalashtirish tizimini ishlab chiqish zarurati: umumta`lim muassasalarini kerakli moddiy-texnik baza bilan ta`minlash uchun moliyaviy manbani topish muammosi hal etilsa, hozirgi paytda ota-onalar shikoyat qilayotgan «maktab yig'imlari»ga barham beriladi. Uchinchidan, kadrlar taqchilligi: malakali o'qituvchilar juda oz. OTMlarning pedagogika yo'nalishi bo'yicha kvotalarni belgilashda xalq ta`limi tizimi talabi o'rganib chiqilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi