
Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi yer olish uchun tadbirkordan pora talab qilgan ikki davlat xizmatchisini qoʻlga tushirish boʻyicha operatsiya oʻtkazdi, deb yozadi “Hordiq.uz”.
Birinchi bosqichda DXX xodimlari Qarshi hokimligi iqtisodiy sektori mutaxassisi Nurmamat K.ni “Otchopar” mahallasidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun yer maydoni olishda yordam bergani uchun, fuqarodan 4,3 ming dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushirdi.
Keyinroq maʼlum boʻlishicha, u bu pulni Qarshi shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Siroj Yu.ga berishi, ushbu mahalla hududidan yer ajratish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni aynan u amalga oshirishi kerak boʻlgan.
Natijada DXX vakillari Siroj Yu.ni 4,3 ming dollarni olish chogʻida jinoyat ustida ushladi.
Ayni paytda Nurmamat K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 212-moddasi (Pora olish-berishda vositachilik qilish), Siroj Yu.ga nisbatan esa 210-moddasi (Pora olish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar