
AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻzining rasmiy telegram kanalida Green Card lotereyasiga oid muhim maʼlumotni eʼlon qildi.
Unda aytilishiga koʻra, Grin kardga anketasi bilan topshirilayotgan fotosuratlar 6 oydan eski boʻlmasligi kerak, aks holda bunday anketalar hisobga olinmasligi mumkin.
“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi dasturiga kiritiladigan fotosurat yangi yoki yaqinda olingan boʻlishi shart. Olti oydan koʻp muddat avval olingan fotosuratni topshirish dasturdan chetlatilishga, yaʼni diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin!”, — deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida Oʻzbekiston Grin kard lotereyasida eng faol ishtirok etayotgan mamlakatlardan biri. Shuningdek Oʻzbekiston fuqarolari uchun Grin kard lotereyasida eng koʻp oʻrin berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar