08:58 / 29.08.2018
9 314

Rustam Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi

Rustam Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Mazkur farmondan soʻng Prezident Administratsiyasining 21 nafar rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash boʻyicha hujjat qabul qilindi.

Unga koʻra, Rustam Inoyatov Rasulevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Inoyatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, 1995 yil 27 iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi boʻlib kelgan Rustam Inoyatov joriy yil 31 yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rustam Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi