
Qozogʻiston investitsiyalar va rivojlanish vazirligi fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasi mamlakatga parvozlarni amalga oshiruvchi eng punktual aviakompaniyalar reytingini tuzdi.
Reytingga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida eng yaxshi koʻrsatkich “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga tegishli boʻldi.
Bu borada Vengriyaning Wizz Air kompaniyasi ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrinni LOT Polish Airlines (Polsha) aviakompaniyasi qoʻlga kiritdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK barcha reyslarning 94 foizini kechikishlarsiz amalga oshirgan.
Oʻtgan olti oy davomida Qozogʻistonga yuzdan ortiq reyslarni amalga oshirgan xorijiy aviakompaniyalarning punktuallik reytingi esa quyidagicha koʻrinish oldi:
1. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” (Oʻzbekiston).
2. Turkish Airlines (Turkiya).
3. “Sibir” (Rossiya).
4. Air Arabia (BAA).
5. Fly Dubai (BAA).
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” shu yilning iyunida Moskvaning “Domodedovo” aeroporti tomonidan ham eng punktual aviatashuvchi deb eʼtirof etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar