Oʻzbekiston Respublikasida har bir fuqaroning, jumladan, yollanma ishchilarning ham huquqiy manfaatlari qonun doirasida himoyalangan. Shunday boʻlishiga qaramay, bunga har doim ham amal qilinmaydi. Hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan noqonuniy mardikor bozorlari bunga misoldir. Andijon shahrida fuqarolarni bir martalik ish bilan taʼminlash markazining foydalanishga topshirilishi bu boradagi salbiy holatlarga barham berdi. Endi har bir yollanma ishchi ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalangan.
- Foydali ijtimoiy mehnat bilan band boʻlmagan yoki qoʻshimcha mablagʻ topish istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz shu kungacha noqonuniy mardikor bozorida bir martalik ish izlab koʻp ovora boʻlmoqda edilar,-deydi viloyat bandlikka koʻmaklashish bosh boshqarmasi rahbari Iqboljon Matroʻziyev. – Markazning ishga tushirilishi natijasida har bir fuqaroni hunari va imkoniyatiga yarasha ish bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻydik. Eng muhimi, ular uchun ish qurollarining barchasi markaz tomonidan taʼminlanadi. Yollanma ishchilar manfaatlari mutaxassislarimiz tomonidan nazoratga olingan.
Markazda yollanma ishchilar uchun ovqatlanish, dam olish, yuvinish xonalari va tibbiyot xizmati tashkil etilgan. Doimiy ish bilan taʼminlanishni istaganlar uchun boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilib borilmoqda. Yollanma ishchilar va ish beruvchilar mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi