
Foto: IIBB axborot xizmati
21 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Oltin tegirmon” yuklash stansiyasida yuk poyezdining ikkita boʻsh vagoni (gʻalla tashish uchun sisternalar) agʻdarilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabariga tayanib Kun nashri maʼlum qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, roʻy bergan hodisa natijasida odamlardan hech kim jarohat olmagan.
Biroq, agʻdarilib ketgan vagonlar tufayli toʻsiqlar va qisman - temir yoʻl yaqinida joylashgan uylarning qoʻshimcha inshootlari devori vayron boʻlgan.

Foto: IIBB axborot xizmati
“Hozirgi paytda hodisa sodir boʻlgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi transportdagi jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va IIBB vakillari ishlamoqda. Avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda. Voqea sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda”, - deyiladi mahkama xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar