Binali Yildirim Oʻzbekistonga keldi

Binali Yildirim Oʻzbekistonga keldi
Bugun, 23 sentyabr kuni Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda uning rasmiy tvitterida xabar qilingan.

Anqarada samolyotga chiqishdan oldin Yildirim jurnalistlarning savollariga javob qaytargan. U ikki mamlakat oʻrtasidagi oliy darajadagi tashriflar ortidan Anqara va Toshkent oʻrtasidagi munosabatlar strategik hamkorlik bosqichiga chiqqanini eʼtirof etgan.

Binali Yildirimning tashrifi dasturidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan hamda Oʻzbekistonning boshqa rasmiylari bilan uchrashuvlar oʻrin olgan.
U shuningdek, Samarqand va Buxoroni ziyorat qilishni rejalashtirgan. Uning Oʻzbekistonga tashrifi 26 sentyabr kuniga qadar davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar