17:50 / 06.10.2018
3 648

Endi rahbarlar ham avtobusda yuradi: Juma kuni xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi

Endi rahbarlar ham avtobusda yuradi: Juma kuni xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi
Haftaning har juma kunida “Toshshahartransxizmat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi. Shu kuni barcha rahbarlar va boshqa xodimlar oʻzlariga ajratilgan xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda jamoat transportida ishga keladilar va kun davomida ehtiyojga qarab jamoat transportidan foydalanadilar. Bu boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan buyruq qabul qilingan.

Vaziyat taqazosi bilan boshqa kunlarda ham rahbarlar erta tongdan avtobusda yurib, transport xizmati sifatiga yoʻlovchi nazari bilan eʼtibor qaratadilar. Bu jarayonda yoʻlovchilar kayfiyati, ularning noroziligiga sabab boʻlayotgan muammolarni oʻrganadilar, deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.

Tizim rahbariyati, bu jarayonda haydovchi va chiptachilarning maxsus kiyimdaligiga, tashqi koʻrinishi sanitariya va gigiyena talablariga mosligiga, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan muomala madaniyati, yoʻl harakati qoidlariga amal qilinishi, oraliq bekatlarda ortiqcha turib qolish kabi qator masalalar ustidan nazorat olib boradilar. Aniqlangan kamchilik va maummolardan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilanadi. Mazkur buyruqda belgilangan choralar kundalik oʻrganishlar natijasidan kelib chiqib qoʻshimcha tarzda qabul qilindi.

Mazkur buyruq orqali bevosita yoʻlovchilar bilan bogʻliq muammo va kamchiliklarga chek qoʻyish, yoʻlovchi tashish ishini bir maromda tashkil etish, eng muhimi xavfsizlikni taʼminlash, aholining transportga boʻlgan ehtiyojini toʻla va sifatli qondirish koʻzda tutilgani taʼkidlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkazilishi belgilangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi rahbarlar ham avtobusda yuradi: Juma kuni xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi