16:28 / 15.10.2018
2 874

O‘zbekistonliklar Qozog‘istonning arzon mahsulotlari uchun chegarada navbatda turishibdi (video)

O‘zbekistonliklar Qozog‘istonning arzon mahsulotlari uchun chegarada navbatda turishibdi (video)
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istondan mahsulot xarid qilish maqsadida ushbu davlat bilan chegarada bir necha soatlab turishibdi, deya xabar beradi «Kun.uz».

Eng ko‘p talab oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika va qurilish materiallariga bor. O‘zbek sotuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, ularni nafaqat arzon narxlar, balki Qozog‘iston mahsulotlarining sifati bilan ham o‘ziga jalb etilmoqda.

O‘zbekistondan deyarli 30 ming nafar fuqaro Qozog‘istondan har kuni chiqib ketadi va bu faqatgina «Ipak Yo‘li» chegara punkti orqali ro‘y beradi. Ularning aksariyati Qozog‘iston bozorlarida sotib olingan mahsulotlar va texnikalarni o‘zlari bilan olib o‘tadi. Mevalar ham import qilinadi. O‘zbek ishbilarmonlari so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston mahsulotlariga bo‘lgan talab juda yuqori, chunki u yaxshi sifatga ega.

«O‘zbekiston ichki bozorida Qozog‘istonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talab tinimsiz o‘sib bormoqda. Bu bizlarning prezidentlarimiz siyosati asosidir. O‘zbek xalqi sizlarning tovarlarni yaxshi sotib olmoqda», - deydi tadbirkor Sur’at Obidov.

«Men qozoq konfetlarini sotib olaman. Albatta, narxi arzon. Bundan tashqari, un, sariyog‘ va ba’zan o‘simlik yog‘i sotib olaman. Menga Qozog‘iston mahsulotlari yoqadi», - deydi Toshkentda yashovchi Anna Vishnyak.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga havo qatnovi orqali olib o‘tiladigan tovarlar qiymati ikki ming dollardan oshmasligi kerak. QQSni hisobga olmaganda. Agar temir yo‘l transporti haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda limit ming dollar atrofida belgilangan. Chegaradan piyoda o‘tishni tanlaganlar esa, o‘z yonida qiymati 300 dollardan ortiq bo‘lmagan mahsulotga ega bo‘lishi kerak.

«Ayni paytda, bu ikki davlat o‘rtasidagi to‘laqonli savdo-sotiqqa to‘sqinlik qilayotgan asosiy narsadir. Uning bekor qilinishi ikki iqtisodiyotga tovar aylanmasining yanada yuqori darajasiga chiqish imkonini beradi, deb hisoblaydilar qo‘shni respublikada», - deydi «Xabar 24» muxbirlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik jurnalistlar O‘zbekistonga xomashyo eksportidan tashvishga tushib qolgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)