
Samarqandda 1999 yilda tugʻilgan T.A. oʻzidan 20 yosh katta boʻlgan fuqaro, 1979 yilda tugʻilgan Sh.R.ga ogʻir tan jarohati yetkazgan. Natijada fuqaro Sh.R. voqea joyida halok boʻlgan. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.
Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, 15 oktyabr kuni soat taxminan 09:30 atrofida Samarqand shahrida T.A. tanishi Sh.R. bilan oldindan boʻlgan kelishmovchilik sababli uyidan oshxona pichogʻi bilan qurollanib, avtomobil ehtiyot qismlari savdo doʻkoni ichida Sh.R.ga bir necha zarba bergan.
Sh.R. olgan tan jarohati bilan savdo doʻkonidan qochib ketayotgan vaqtida T.A. uni quvlab borib, “Erkin savdo” majmuasi roʻparasida yana unga bir necha marotaba pichoq bilan urgan. Oqibatda Sh.R. hodisa joyida vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning bergan dastlabki maʼlumotga koʻra, marhum Sh.R.ning oʻlimi ichki va tashqi qon ketish natijasida kelib chiqqanligi bayon etilgan.
Holat yuzasidan T.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing