Joriy yilning 25 sentyabr holatiga ko‘ra, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilib, 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlash joizki, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ochilgan oilaviy mehmon uyi 3 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bugungi kunda mazkur oilaviy mehmon uylari xorijiy va respublikaning boshqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylashtirish uchun xizmat qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub’ektlarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan.
Mazkur hujjatning mazmun mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek aholi tomonidan o‘z uyida oilaviy mehmon uylari ochishga qiziqish tobora ortib bormoqda va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalariga oilaviy mehmon uylari ochish masalasiga oid 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushib, ular bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yo‘riqnomadaoilaviy mehmon uylarini ochish to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi