
Shu kunga qadar Mirzachoʻl tumani hokimi boʻlib ishlab kelayotgan Mahmud Xolboʻtayev Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati hokimining 2018 yil 29 oktyabrdagi qaroriga asosan viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rustam Xolmatov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan hamda uning oʻrniga 2018 yilning aprel oyidan buyon Mirzachoʻl tumani hokimi boʻlib ishlagan Mahmud Xolboʻtayev tayinlangan.
Mahmud Xolboʻtayev 2009 – 2010 yillarda ham ayni shu lavozimda faoliyat yuritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar