4 573
Zoyir Mirzayev o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosarligi vaqtincha Otabek Murodovga yuklatildi
Majburiy mehnat tufayli ishdan ketgan Zoyir Mirzayev o‘rniga O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodovga Bosh vazir o‘rinbosarligi vaqtincha yuklatildi. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.
31 oktyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi yig‘ilishda prezidentning bu haqdagi farmoni e’lon qilingan.
Endilikda Bosh prokuror Otabek Murodov O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror vazifasini ham bajaradi.
29 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayevni egallab turgan lavozimidan ozod etgandi. Mirzayev g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois ishdan olingandi.
Zoyir Mirzayevning ishdan olinishi ijtimoiy tarmoqlarda ust-boshini yechmasdan ariqqa tushib, tizza bo‘yi suvda turgan olti erkakning surati keng tarqalgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv keltirib chiqargan. Voqea 25 oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan. OAVlarning voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlarga tayanib xabar berishicha, 6 kishi bug‘doyni sug‘ormagani uchun Bosh vazir o‘rinbosari Toshkent viloyati va Oqqo‘rg‘on tumani mutasaddilari ko‘z o‘ngida ularni sovuq suvga tushirib, jazolagan.
Zoyir Mirzayev Jomboy tuman hokimi, Samarqand shahar va viloyat hokimi lavozimlarida ishlab kelgan. U 2016 yilning dekabrida Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"