O‘zbekistonda "YouTube" videoxostingi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga “O‘zbektelekom”ning aloqasi yo‘q. Bu haqda kompaniya murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Agentlikdan xabar berishlaricha, "YouTube" bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan aniq ma’lumot va izoh olib bo‘lmagan.
“O‘zbektelekom” kompaniyasi murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev esa "YouTube"ning ishlamasligida “O‘zbektelekom” aybdor emasligi, tarmoqda muammo yo‘qligini aytib o‘tgan.
“Foydalanuvchilar eng ko‘p internet trafigini "YouTube"dan foydalanish uchun sarflaydi. Shu bois uning yaxshi ishlashi bizga foyda keltiradi. Qolaversa, kompaniyamiz videoxosting ishiga ta’sir ko‘rsatish uchun rasmiy huquqqa ega emas”, deb aytgan Bobur Abdullayev.
O‘zbekiston "YouTube" videoxostingi sahifalarining yuklanishi, beqaror ishlashi bilan bog‘liq muammo oktyabr oyidan beri kuzatilmoqda. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar noyabr oyi oxirigacha davom etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti