“Sug‘orish tarmoqlarida (kanallarda) baliq yetishtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, sug‘orish tarmog‘ida baliq yetishtirish sug‘orish tarmog‘ining chuqurligi yoki sayozligidan kelib chiqqan holda qafaslarda yoki sug‘orish tarmog‘ining qirg‘oqlarini to‘r bilan to‘sish orqali amalga oshiriladi.
Bunda, sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirish qafaslarda suvning sathi 2,5 metrdan kam bo‘lmagan joylarda, suv sathi 2,5 metrdan past bo‘lgan joylarda sug‘orish tarmog‘ining qirg‘oqlarini to‘r bilan to‘sish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Baliq yetishtirish sug‘orish tarmog‘ining texnik holatiga hamda suv oqimiga ta’sir ko‘rsatmaydigan joylarda amalga oshirilishi shart.
Sug‘orish tarmoqlarida baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxs baliq yetishtirishdan oldin tegishli hududdagi tuman irrigatsiya bo‘limini yozma ravishda xabardor qiladi.
Tuman irrigatsiya bo‘limi baliq yetishtirish rejalashtirilayotgan sug‘orish tarmog‘idan foydalanish hamda u bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar beradi.
Tuman irrigatsiya bo‘limi baliq yetishtirishni rejalashtirayotgan shaxsni sug‘orish tarmog‘ida bajarilishi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari hamda boshqa amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy ishlar haqida oldindan ogohlantirishi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi