Toshkent shahridagi maishiy texnika vositalari savdosiga ixtisoslashtirilgan “Malika” savdo majmuasida kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbiri bo‘yicha internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab turli talqindagi fikrlar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Bu haqida DSQ Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
Joriy yilning 13 noyabr kuni “Malika” savdo majmuasida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida 13 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, chet elda ishlab chiqarilgan va respublikamizga yashirin yo‘llar orqali olib kirilib, hech qanday hujjatlarsiz maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.
Ushbu fuqarolar iste’molchilar huquqlarini qo‘pol ravishda buzib, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tovarlar savdosi hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda, davlat byudjeti oldida majburiyatlarni bajarmay, umuman soliqlarni to‘lamagan.
Nazorat tadbiri davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgan umumiy qiymati qariyb 308 mln. so‘mlik so‘mlik 66 ta maishiy texnika vositalari, 7,8 mingta uyali aloqa va aksessuarlar O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”ning 176-moddasiga asosan masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.
Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan shug‘ullanishi uchun hech qanday to‘sqinlikka yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"