Joriy yilning uchinchi choragiga qadar Yagona portalda 23 ta yangi interaktiv davlat xizmatlari joriy etildi. Bu haqda «UZINFOCOM» yagona intergratori matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) «bir darcha» tamoyilida xizmat ko‘rsatmoqda.
Yagona portal foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaksion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reyestri 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig‘ma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Hozirga kunga kelib, Yagona portal tomonidan 127 ta interaktiv davlat xizmati foydalanish uchun taqdim etilgan bo‘lib, har bir foydalanuvchiga masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratilgan.
2018 yilning 21 noyabr holatiga ko‘ra, Yagona portal orqali amalga oshirilgan murojaatlar soni 3.2 mln., portaldan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 57.7 ming va Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilgan murojaatlar soni 2.2 mln.ni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi