09:05 / 24.11.2018
5 078

Toshkentda fuqaroni 350 mln so‘mga chuv tushirishdi

Toshkentda fuqaroni 350 mln so‘mga chuv tushirishdi
2018 yil 21 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yilning yanvar oyida Yakkasaroy tumanida yashovchi U.A. fuqaro H.T.ga Nurafshon ko‘chasida yangi ko‘p qavatli uy qurayotganligini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs unga pulini o‘n kun ichida berishini aytib, aldov yo‘li bilan umumiy qiymati 350 mln. so‘mlik metall mahsulotlarini olib, bergan va’dasini bajarmagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fuqaroni 350 mln so‘mga chuv tushirishdi