Toshkentda yana bir avtobus yondi

Foto: Toshkent shahar IIBB
Bugun, 11 dekabr kuni Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida «4-avtobus saroyi» MChJga qarashli «Mercedes-Benz Low Floor» rusumidagi yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Erkin – Oloy bozori yo‘nalishida harakatlangan avtobus Navoiy ko‘chasidan yurayotganida to‘satdan olov olgan.
Yong‘in haqida navbatchi qismga soat 7:23da ma’lumot kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar sa’y-harakati bilan 7:29da yong‘in o‘chirilgan. Haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, avtobusning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik yong‘inga sabab bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bugun, 11 dekabr kuni Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida «4-avtobus saroyi» MChJga qarashli «Mercedes-Benz Low Floor» rusumidagi yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Erkin – Oloy bozori yo‘nalishida harakatlangan avtobus Navoiy ko‘chasidan yurayotganida to‘satdan olov olgan.
Yong‘in haqida navbatchi qismga soat 7:23da ma’lumot kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar sa’y-harakati bilan 7:29da yong‘in o‘chirilgan. Haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, avtobusning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik yong‘inga sabab bo‘lgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…