07:57 / 12.12.2018
4 758

O‘zbekistonda o‘qituvchilar ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod etildi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod etildi
10 dekabr Xalq ta’lim vaziri o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod etish buyurilgan xatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlariga yo‘llagan. Bu haqda Turon24 AA xabar berdi.

Xatda O‘zbekiston prezidentining 3907-qaroriga ko‘ra maktablarda o‘qituvchilardan dars (to‘garak) va sinf jurnali yuritishdan boshqa turdagi pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobot va qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinishi taqiqlangani aytib o‘tilgan. Shu bois o‘qituvchilarning ish hujjatlari 7 tadan 3 tagacha (sinf jurnali, konspekt va yillik taqvim reja) qisqartirildi.

"Oldinlari o‘qituvchilarning ish hujjatlari 12 tadan 7 taga tushirilgan edi, hozir esa 3 tagacha qisqartirildi. Bu qaror o‘qituvchilarning vaqtini tejashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning o‘z ustida ishlashiga va ta’lim berish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Aytib o‘tish joizki, jurnal hamda o‘quvchining kundaligini elektron tizimga o‘tkazish 2021 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi", – deydi Xalq ta’lim vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov.

Shu bilan birga:

yuqorida aytib o‘tilgan 3 ta hujjatdan tashqari birorta ortiqcha hujjat va hisobotlar yuritilishi;

turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchun mediamateriallar tayyorlash yoki o‘quvchilarning uylariga borib ota-onalari bilan o‘tkazilgan suhbat haqida mediahisobot talab etilishi;

mahalliy hokimliklar tomonidan muassasa rahbarlari yoki o‘qituvchilarning har qanday majburiy mehnatga, yig‘ilishga va tadbirlarga "tomoshabin" sifatida jalb etilishi;

tashkil etilayotgan hasharlarga (prezident va hukumat qarorlari bundan mustasno) pedagoglarni jalb etilishi, xodimlarning bir kunlik ish haqi tashkilotlarga o‘tkazib berilishi;

har xil gazeta va jurnallarga majburiy obuna, kommunal to‘lovlar uchun oylik ish haqidan olib qolinishi yoki boshqa noqonuniy badallar yig‘ilishi taqiqlanadi.

Shuningdek, xatda boshqarma boshliqlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va maktab rahbarlari o‘qituvchilardan ortiqcha qog‘ozbozlik, hisobotlar talab etilishiga chek qo‘yishlari haqida so‘nggi marta qat’iy ogohlantirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘qituvchilar ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod etildi