18:24 / 12.12.2018
4 287

«Ucell»ni nima uchun aynan Davlat raqobat qo‘mitasi sotib oldi?

«Ucell»ni nima uchun aynan Davlat raqobat qo‘mitasi sotib oldi?
zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «Telia Company» kompaniyasidan «Ucell» («Coscom» MChJ) mobil operatorining 100 foizli ulushini sotib olganiga izoh berdi.

1-savol: Nima uchun aynan Davlat raqobat qo‘mitasi «Ucell» ulushini sotib oldi? Qo‘mita tomonidan tijorat ob’ektini sotib olish jarayonida qanday hujjatlar talab qilinadi?

Javob: «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasiga muvofiq, mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli.

Davlat raqobat qo‘mitasi davlat mulklarini boshqarish sohasida davlat boshqaruv organi hisoblanib, ungan yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari aksiyalarini (ulushlari, paylari) sotib olish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasida fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin ekani belgilangan.

«Coscom» MChJ XK muassislari ularga tegishli ulushni Davlat raqobat qo‘mitasiga sotishga qaror qilgani hisobga olib, «Coscom» MChJ XK ustav kapitalidagi ulush oldi-berdisi to‘g‘risidagi shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha tuzildi.

2-savol: Shartnoma summasi qanday aniqlandi va unga nimalar kirdi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «Coscom» MChJ XKdagi 100 foizlik ulushni 215 mln. AQSh dollariga sotib oldi.

Shartnoma summasi sotuvchilar tomonidan aniqlandi va taklif qilinib, qo‘mita tomonidan qabul qilindi, uning tarkibiga «Coscom» MChJ XK aktivlari va passivlari kiradi.

3-savol: «Ucell»ning kelgusi taqdiri qanday? Kompaniya yaqin vaqtlarda xususiylashtiriladimi? Agarda xususiylashtirilsa, qanday shartlar asosida amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlarida (ustav kapitalida) davlat ulushlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, xususiylashtirish masalasi tashabbuskor tomonidan belgilangan tartibda ariza berilgan taqdirda ko‘rib chiqiladi. Biroq ayni vaqtda talabnomalar yo‘q.

Davlat ulushini sotish muddatlari va shartlarini sotuvchi belgilaydi. O‘zbekiston prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan boshqa muddat va shartlar o‘rnatilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ucell»ni nima uchun aynan Davlat raqobat qo‘mitasi sotib oldi?