Respublikada ishlovchi pensionerlar soni 118 ming 736 nafarni tashkil qilar ekan, deb yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Shundan:
35 ming - real sektorda;
22 ming - ta’lim sohasida;
20 ming - sog‘liqni saqlash sohasida.
Pensiya jamg‘armasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ishlovchi pensionerlarning 40 ming nafari pensiyasini to‘liq oladi, 78 ming nafardan ortig‘i esa (66%) pensiyalarining faqat yarmini, ya’ni 50%ini olishmoqda.
Agar ishlovchi pensionerlarga o‘rtacha 400 ming so‘m pensiya tayinlangan deb tasavvur qilinsa (balki undan ko‘p yoki kamdir), prezident Farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab ularga 100% pensiya to‘lanishi hisobiga har oyda qo‘shimcha 15 mlrd 600 mln so‘m xarajat ketadi.
Bundan tashqari, pensiya hisoblashda ish haqining maksimal miqdori EKIH 8 baravardan 10 baravarga oshgani uchun qayta hisob-kitob natijasida 533 mingdan ko‘proq pensionerlarning pensiyasi o‘rtacha 65 ming so‘mdan 265 ming so‘mgacha oshar ekan.
Umuman olganda, ushbu farmonni bajarish uchun 2019 yilda jami 1,8 trln so‘m miqdorida mablag‘ talab etilar ekan, deb yozadi X. Xudoyberdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)