Rossiya xalq artisti Yevgeniy Petrosyan Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida qiziqchi Obid Asomov vafotidan qattiq qayg‘uda ekanligini bildirdi.
"Bu xabar meni shokka tushirdi. Chunki 10 kun oldin Toshkentda Obid Asomov bilan birga butun bir kunni o‘tkazgan edik. Biz yana uchrashishga kelishib olgandik. Ijodiy rejalarimiz bor edi... Bu shum xabarni tasavvurimga sig‘dira olmayapman. Bu juda og‘ir. Bu xabar - xato yoki noto‘g‘ri bo‘lishini istardim...
Doim xushchaqchaq, faol, baqquvat bo‘lgan inson to‘satdan o‘z hayotini yakunladi. Unda qiziqchilik mahorati Xudodan edi. Bu hislat nafaqat sahnada, balki uning hayotida ham ko‘ringan. U juda nozikko‘ngil va quvnoq odam bo‘lgan. U nafaqat kuldirishni bilardi, shu bilan birga juda xushmuomalali inson edi. Uning ichki madaniyati bor edi. Odamlarni juda hurmat qilardi. Bunday axloqiy asosga ega bo‘lish yumorist uchun juda muhim.
Obid Asomov menga "O‘zbekistonda meni o‘zbek Petrosyani deb chaqirishadi" deb ko‘p marta aytardi. Asomov men kabi O‘zbekistonda faol chiqishlar qilardi, u mendan ko‘p san’at uslublarini olgan. Ko‘p yondoshuvlarda bir-birimizga juda mos tushganimizdan xursand bo‘lgandim", - deya xotirladi Petrosyan.
Rossiyalik so‘z ustasi efir davomida Obid Asomov bilan birga yaqin oylarda kino, televideniye, estradada “Petrosyan shou” yozib olish masalalarini muhokama qilganganini ham aytdi.
"Men Obid Asomovning katta oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman. Ular hammadan ko‘proq qayg‘urishadi. Ularga kuch tilayman. Obid Asomov doim xotiramizda qoladi. Ko‘p video-yozuvlarimizda u o‘z ijodiy hayotini davom ettiradi”, - dedi gapi yakunida Yevgeniy Petrosyan.
VIDEO “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi