
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimlar vakolatini qisqartirib, deputatlarnikini kengaytirishini bildirdi.
Shavkat Shavkat Mirziyoyev bu haqda Qashqadaryoga safari davomida o‘tkazgan selektor yig‘inida ma’lum qilgan.
"Deputatlarga yanayam ko‘proq vakolatlar beraman. Prezident xalq vakillariga tayanishi kerak. Ikki yil oldin lavozimga kelganimda vaqti kelib hokimlar saylanishi, hokimlar viloyat kengashlariga rahbar bo‘lmasligini aytgandim. Keyingi yildan shunday bo‘ladi", - dedi prezident Mirziyoyev.
O‘z chiqishida Mirziyoyev bir rahbar ham hokim, ham kengash raisi bo‘lolmasligini urg‘ulagan.
"Kerak bo‘lsa, hokim kengashga hisobot beradi. Viloyat va tuman deputatlariga ham vakolatlar beriladi. Jamiyatda raqobat bo‘lishi kerak. Hamma bir-biriga quloq solishi kerak. Yo‘qsa, O‘zbekiston yana orqaga ketadi", deb ta’kidlagan Mirziyoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar