Quyonlarning bir necha noyob turlari uchraydi. Ulardan biri “Alyaska” zotidir. Ularning nomiga qarab bu quyonlar sovuq mintaqalardan emasligini aytish mumkin. U 1920 yilda Germaniyada olimlar tomonidan yaratildi. Seleksionerlar tomonidan bunday quyonni urchitishdan ko‘zlangan eng asosiy maqsad — Alyaska tulkisidagi kabi qora va oq tolali yungga ega turni yaratish. Seleksionerlar tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Ular qora rangdagi yaltiroq tukli jonivor zotini yaratishdi. Biroq bu zotli quyonni qoldirishdi va keyinchalik “Reks” zotini chiqarishda qo‘llashdi.
“Alyaska”ning yungi qora rangda. U qalin va yaltiroq, ichi moviy rangda tovlanadi. Shuningdek moviy o‘rniga oq rangda tovlanadigan quyonlar ham bor. Bu jihat kamchilik hisoblanadi. “Alyaska” quyonlarining yungi qimmatbaho. Ular Yevropada keng tarqalgan.
Jonivor 3 kilodan 5 kilocha tosh bosadi. Bo‘yni deyarli ko‘rinmaydi, quloqlari kalta va keng. Urg‘ochi quyonlarning erkak quyonlardan farqi bo‘yin atrofidagi qo‘shimcha teri.
Bu jonivorlar faol hisoblanadi, shuning uchun ularga keng joy zarur. Bu turdagi quyonlar jazirama va sovuqdan qo‘rqmaydi. Ular tajovuzkor emas. Itoatkor va muloqotni sevadigan. Odamga tezroq ko‘nikishlari uchun ularni erta ijtimoiylashtirish kerak.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?