18:43 / 20.12.2018
9 595

Qish vaqtida o‘quvchi qizlarning maktabga shim kiyishiga ruxsat berildi

Qish vaqtida o‘quvchi qizlarning maktabga shim kiyishiga ruxsat berildi
O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi qish vaqtida maktab o‘quvchilari(qizlar)ning shim kiyishiga qarshi emas. Xalq ta’limi vazirligi telegramm kanalida bu haqda xabar qilinmoqda.

2018 yil tasdiqlangan "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi" nizomning 8-bandiga ko‘ra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos (klassik bichimdagi) shim kiyishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qish vaqtida o‘quvchi qizlarning maktabga shim kiyishiga ruxsat berildi