
O‘zbekiston prezidenti 2019 yilda Yaponiyaga borishi kutilayapti. 24 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Yaponiya elchisi Nobuaki Ito bilan 2019 yildagi oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvalini muhokama qilgan.
TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, suhbatda O‘zbekiston – Yaponiya kun tartibining boshqa masalalari va 2018 yildagi hamkorlik yakunlari ham muhokama qilingan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Yaponiya fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishi natijasida 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida Yaponiyadan kelgan turistlar soni 2017 yilga nisbatan 48 foiz oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar