4 236
Prokurorlar Gulnora Karimovaga pora bergan rahbarlarga eng qattiq jazoni berishni so‘ramoqda
Shvetsiyalik prokurorlar 19 dekabr kuni Stokgolm sudida Telia telekommunikatsiya kompaniyasi sobiq rahbarlari ishi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi eshituvlarda ayblanuvchilar uchun korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sababli eng qattiq jazo berishni so‘radi.
19 dekabr kuni Stokgolmda Telia (sobiq TeliaSonera) Shvetsiya telekommunikatsiya kompaniyasi sobiq rahbarlari ishi bo‘yicha to‘rt oy davom etgan eshituvlar tugadi. Eshituvlarning birinchi kuni shu yil 4 sentyabrida boshlandi.
Telia kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Lars Nyuberg, 2003—2007 yillarda Telia moliyaviy direktori va vitse-prezidenti, 2007—2012 yillar ushbu kompaniya Yevroosiyo biznes yo‘nalishi rahbari bo‘lgan Tero Kivisaari, shuningdek, Yevroosiyo biznes yo‘nalishi bosh maslahatchisi Uli Tuima sudlanmoqda.
Ularning uch nafari O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga Telia kompaniyasi (brend mahalliy nomi Ucell) O‘zbekiston bozoriga kirishi va mamlakatning kuch tuzilmalaridan «himoya» evaziga 350 million dollar pora berganlikda ayblanmoqda.
Prokurorlarning so‘nggi eshituvlar vaqtida ma’lum qilishicha, Telia kompaniyasining O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kelishi jarayoniga rahbarlik qilgan Tero Kivisaari korrupsion sxemada asosiy shaxs bo‘lgan. Ayblovchilar suddan unga 7 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlashni so‘radi.
Shvetsiya qonunchiligiga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar 6 oydan 6 yilgacha bo‘lgan qamoq muddati bilan jazolanadi.
Prokurorlar Telia’ning yana ikki sobiq rahbari - Lars Nyuberg va Uli Tuimaga ham qamoq jazosi so‘radi.
Xabar berilishicha, prokurorlar ular uchun Tero Kivisaaridan biroz kamroq muddat so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin