Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Behzod Anvarovich Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ saytida xabar berilgan.
Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U Davlat soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2010 yilda boshlagan. Avval O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ham ishlagan, 12 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangandi.
Bungacha, u 2010-2011 yillarda ham shu lavozimda faoliyat yuritgandi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasining bundan avvalgi raisi Botir Parpiyev joriy yilning 11 may kuni ishdan olingandi. Shu kuni Musayev Parpiyev o‘rniga DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi