
Xalq deputatlari Yashnobod va Sergeli tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda qayd qilinishicha, sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rilgan.
Shu kunga qadar Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich, Sergeli tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Husanov Nozim Baxtiyorovichlar hokim etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod va Shayxontohur tumaniga hokimlar tasdiqlangani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar